Ochigʻi fast-food uncha yemayman ammo bir kun majburlikdan kirgan edim, bu yerdagi ofitsiantlar va xizmatdagi yigitlarning muomilasi, mijozga taklif berishlaridan bir marotaba ta’tib koʻrgim keldi
Ochigʻi judayam yoqdi, agar kimdir juda pishloqli fast-food yemoqchi boʻlsa tavsiya beraman
Jiyanimga yaxshi maktab qidirayotgandik. 10 sinfga oʻtdi.
Bu maktabdagi sharoit Toshkentda 1 dona boʻlsa kerak. Avtorskiy remont, maktab sharoitlari, berayotgan ta’lim uchun takliflari meni shaxsan qoniqtirdi.
Agar farzandim boʻlganida albatta 1 yilga boʻlsa ham berib koʻrar edim.
Agar farzandingiz boʻlsa bir marotaba borib koʻring, ishoning afsuslanmaysiz
Bu xulosani shu maskanga 3- marotaba kelganimdan keyin qoldiryabman.
Ovqatlarining turi koʻp boʻlmasa ham ammo yaxshi servis va ta’m uchun alohida tashakkur aytgan boʻlardim.
Oʻtinda pishgan doner ta’tib koʻrmagan boʻlsangiz albatta tavsiya beraman
Qulay muhit, yaxshi atmosferaga ega outsource da ishlaydigan mutaxassislar uchun
1 yil oldin shu markazda marketing sohasini oʻqiganman.
Narxlari hamma co-working markazlari bilan deyarli bir xil. Kuchli tomoni aynan bu filialni Iman Invest loyihasining bir devor boʻlgani.
Asosan koʻp biznes uchrashuv yoki biznes nonushtalarni shu joyda oʻtkazaman.
Yaxshi joy, lokatsiyasini biroz xisobga olmasa, menyudagi ovqatlari haqiqatda shirin.
Ayniqsa bu joyni bananli milksheyki menga juda yoqadi. Tavsiya beraman agar siz outsource yoki biznes nonushta yoki uchrashuvlar uchun joy qidirayotgan boʻlsangiz
Yaxshi klinika ekan, uydagilar yotib chiqishdi. Narxlari berayotgan ovqat va ukollari uchun juda hamyonbop ekan. Misol, kardiologiya boʻlimida yotib chiqishdi, kuniga 250 mingdan ekan. Qiziqqanlar boʻlsa maslahat beraman
Ovqatlari yaxshi, ammo atmosfera ustida ishlash kerak) biz oynaga yaqin joyda oʻtirdik sovuq edi ancha. Xizmat koʻrsatish yaxshi ofitsiant doim xabar olib turdi