Registon maydonining naqd orqa tarafida joylashgan dahmalar. Ko'pchilik yoki bilmaydi yoki shunchaki e'tibor qilmaydi. Bu yerda juda ko'p odamlarning qabri bor. Ularni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin.
Yaxshi markaz, maxsulotlari orasida, ayniqsa, quruq mevalarini yaxshi ko'raman. Asosiy e'tirozim bor joyi: joylashuvi. Binoga kirish eshigidan toki supermarketga yetib borguncha atrofdagi do'konlarning aksarida ayollar kiyimlari nomaqbul usulda sotiladi.
Juda go'zal va o'rnak bo'larli ta'lim muassasasi. Hozirda uning avlodiligini da'vo qiladigan ta'lim muassasasidan ancha yaxshiroq bo'lgan degan fikrdaman.
Juda yaxshi, an'anaviy dehqon bozori. Maxsulotlarni didingiz va moliyangizdan kelib chiqqan holda tanlayverasiz. Narx-navo masalasi ham juda yomon emas.