Juda yorug' va shinam maskan, tovarlar xilma xil, o'zingiz yoqtirganingizni bemalol ko'rib tanlab olsangiz bo'ladi. lekin meni biroz boshim og'rib qoldi, menimcha tovarlarning xididan bulsa kerak.
Qovurma lag'monga juda mazza qilgandim. Suyuq lag'monham yaxshi, lekin kutganimdek emas edi, balki qornim biroz to'qroq bo'lgani uchundir. Narxlari hamyonbop, oilaviy tashrif buyurish mumkun bo'lgan maskan, spirtli ichimliklardan holi, zal shinam qilib bezatilgan.
Anchagina shinam va kompyuiterlar yaxshi jixozlangan. Narxlari xamyonbop. Adminlar doim xushmuomala. Kamdan-kam xollarda joy topilmasligi mumkin. Kompyuterlardan tashqari PS5 honalariham mavjud.
Mantilar issiqqina va yumshoq, lekin go'shti bundanham yaxshi bo'lishi mumkun edi. Shashlik juda tobida pishgan ekan. Naxrlari hamyonbop. Kirib o'tishni maslahat beraman.
yangi bino, juda shinam , faqat qabul bo'limida 1kishi bo'lganligi uchun ko'proq turib qoldik. Turniketdaham biroz betartiblik hukm surarkan. Lekin umuman olganda juda ajoyib qurilgan bino.
Sehrli maskan, kitoblar ko'p, yorug', bolalarni qiziqtirish uchun ajoyib ishlangan, audio kitoblarningham borligi katta yutuq, o'zbek tilida bolalar uchun kitoblar ko'pligi odamni hursand qiladi, hamma uchun foydali maskan...