Hamisha qaysidir tovarlar skidkada boʻladi. Shimlarga assortiment katta. Boshqa kiyimlar ham har xilidan bor. Sotuvchi yoningda yurib hijolat qilmaydi, yoqqanini kiyib koʻrib tanlab olaverasan.
Oʻzi EVOSning lavashini yaxshi koʻraman. Lekin bu filial men koʻrgan eng yomon filial. Bir safar lavash ichidagi kartoshkasi chala pishgan edi, boshqa safar goʻshti. Boshqa filialdan olishni maslahat beraman.
Somsasi bilan zigʻir oshini tatib koʻrdim. Zoʻr. Qoʻziqorinli shashlikniyam yaxshi qilishadi. Somsasi oʻzingiz bilan olib ketsangiz boʻladi. Tovuqlisiga pishloq qoʻshilarkan, maslahat beraman.
Narxi oʻrtacha. Lekin receptiondagilar muomlasi yomon. Analiz natijalari bir kundan keyin chiqadi. Saytdagi prays list bilan receptiondgai prays list 2 xil.