Yangi Andijon shahrining yaqinida barpo etilgan yangi Vatanparvar bog'i. Ushbu muzey-bog' o'zida harbiy texnikalarni ochiq osmon ostida ko'rgazma sifatida mujassamlashtirgan.
Juda zamonaviy va qulayliklarga ega bo'lgan masjid. Masjidga kelayotgan namozxonlar juma kuni avtomobil to'xtash joyi topishda qiyinchiliklarga uchrashi mumkin. Beeline interneti bu joyda yaxshi ishlamas ekan.
Spektal uchun borishga arziydigan zamonaviy teatr bo'lib, chiptalarni kassadan yoki onlayn tarzda sotib olish mumkin. Kassada soat 13:00 dan 14:00 gacha tushlik va u soat 18:00 ga qadar ishlaydi, ammo onlayn chipta saytda doim ham bo'lavermaydi. Jamoat transporti orqali kelishni tavsiya qilaman, chunki atrofda avtomobil uchun parkovka mavjud emas.
Yaxshi sharoitlarga ega ammo juda ham ko'p talabgorlar tashrif buyursada ularni ma'lumotlarini faqatgina ikki xodim ro'yxatdan o'tkazadilar va bu navbatlar yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Nazariy imtihon uchun faqatgina 1ta xonadan foydalaniladi va xonada orada joy tashlab o'tirishingiz kerak bo'ladi. Nazariy imtihon uchun 25 daqiqa, amaliy imtihon uchun 16 daqiqa vaqt beriladi.
Bog' asosan bolalar uchun mo'ljallangan attraksionlardan iborat. Attraksionlardan Click, Payme orqali to'lov qilib ham foydalanish mumkin. Katta yoshdagilar sayr qilishi va work out maydonchasida mashqlar bajarishlari mumkin. Bog'da baliqlar juda ham ko'p bo'lgan sun'iy suv havzasi bor. Baliqlarga yegulik berish mumkin emas.
Andijon viloyati yuridik texnikumi shaharning qulay qismida viloyat Yoshlar markazi ro‘parasida joylashgan bo'lib, davlat-huquqiy faoliyati, sud-huquqiy faoliyati va yuridik xizmat yo'nalishlari bo'yicha ta'lim beradi. Ta'lim davomiyligi 2 yil bo'lib, o'quvchilar kunduzgi va sirtqi ta'limni o'zbek tilida oladilar.
Navruz Mall zamonaviy uslubda qurilgan savdo va ko'ngilochar markazlardan biri bo'lib, u katta yo'l bo'yida joylashgan hamda avtomobillar uchun avtoturargohga ega. Bolalar bilan borib aylanishga qulay sababi 2-qavatda bolalar uchun o'yingoh mavjud. Navruz Mall har kuni ochiq bo'ladi ammo uning ichidagi do'konlar har kuni ochiq yoki yopiq bo'lishini bilmayman. Atmosfera juda ham ajoyib. Kamchiliklaridan biri bu joyda bankomatlar mavjud emas va naqd pul kerak bo'lsa pul yechib olish uchun uzoqroq joyga borishga majbur bo'lasiz.