Emirate mall ichida, Ski Dubai yonida joylashgan. Bolalar o'yingohi va ko'ngilochar attraktsionlar, avtomat o'yinlari bor. Istasangiz yonida foodkortda tamaddi qilib olishingiz mumkin.
Parkovkadan savdo do'konlari, ovqatlanish joylari va bolalar o'yingohi bor binoga kirdik. (Masjidda 10 yoshdan katta qizlar ham yopiq kiyinishlari, hech bo'lmasa boshida ro'moli bo'lishi kerak ekan. Juma kuni abayalar ijaraga berilmas, faqat sotib olishingiz mumkin.) So'ng eskalator yoki lift orqali gumbaz ichidan tashqariga chiqib, bizni mini avtobuschalarda masjid oldiga olib borishdi. Masjid rasmlarda ko'rganingizdan haqiqatda juda chiroyli, fayzli joy. Erkaklar namozxonasidan tashqari Ayollar va bolalar (12 yoshgacha o'g'il) uchun namoz zali bor. Bemalol suratga olish mumkin.
Albatta bir borib ko‘rishga arziydi. Oyna ustida ustida yurish qo‘rqinchli emas. Chiqishda Dubayni kelajakda qanday bo'lishini video orqali ko'rish mumkin.
Bu savdo markazida Qarshidagi eng yaxshi bolalar oyingohi Pixel, kiyim dokonlari, Cinema va Aile restorani joylashgan. Oilaviy kelib dam olishga ajoyib joy. 😊